Mavzu
Kurslar
Markazdagi kurslar: narxi, davomiyligi, guruhlar va o'quvchilar soni. Kurs — guruhlarning «shabloni»: oylik to'lov va davomiylik yangi guruhga kursdan o'tadi.

Kurs qo'shish
| Maydon | Izoh |
|---|---|
| Kurs nomi | «Ingliz tili (IELTS)» |
| Oylik to'lov (so'm) | Yangi guruhlar uchun standart; guruhda alohida o'zgartirish mumkin |
| Davomiyligi (oy) | Guruh tugash sanasi shundan hisoblanadi |
Tartiblash — kurslarni sudrab joylashtiring; butun ilovada shu tartibda chiqadi. Ommaviy import — CSV shablon (nomi, to'lov, davomiylik).
Ustunlar
Kurs · Guruhlar · O'quvchilar · Davomiyligi · Oylik to'lov · Amallar (Darsliklar, tahrirlash, o'chirish). Guruhi bor kurs o'chirilmaydi.
Kurs kontenti (Darsliklar)
Qatordagi Darsliklar → kurs kontenti sahifasi: modullar → darsliklar → uy vazifalari.

Modul
Nomi («Present Simple»), tavsif, Ko'rinadi (ko'rinmaydigan modul o'quvchiga chiqmaydi). Tartibini ▲▼ bilan o'zgartiring.
Darslik
Turi: Video (havola — YouTube va h.k.), Matn (muharrir: sarlavha, ro'yxat, jadval, rasm, havola), Quiz (test savollari). Umumiy maydonlar: nomi, davomiyligi (daqiqa — jadval hisobida), «Ko'rinadi», qo'shimcha tavsif (video ostida ko'rinadi).
- Materiallar — darslikka fayl (25 MB gacha) yoki havola biriktirish.
- Darslik testi — video/matn darslikka ham qo'shish mumkin (darslik qatorini ochib Test qo'shish). Savollar: matn, kamida 2 variant, to'g'ri javob; Vaqt (daqiqa) va Urinishlar soni (0 — cheklanmagan). Savollarni fayldan yuklash mumkin.
- Guruhlar uchun ochish — darslik qaysi guruhlarga ko'rinishini belgilang; «O'tilgan» belgisi bilan sana qayd etiladi.
Uy vazifasi
Darslik ostida: turi (Fayl / Test / Savol-javob), nomi, topshiriq matni, muddat (darslik ochilgandan necha kun), maksimal ball, ruxsat etilgan formatlar (fayl uchun), test uchun vaqt va urinishlar. Guruhga berish — Uy vazifalar sahifasidan.