Mavzu
Lidlar ro'yxati
Potentsial o'quvchilar: qo'ng'iroqlar, sinov darslari va qabul voronkasi. Ko'rinish: ro'yxat yoki kanban (holat ustunlari, sudrab o'tkazish).

Lid qo'shish
| Maydon | Izoh |
|---|---|
| Ism familiya, Telefon | Raqam bo'yicha takror tekshiriladi: «faol lid bor» / «o'quvchiga tegishli» — baribir qo'shish mumkin |
| Aloqa uchun shaxs | Bola uchun murojaat qilgan ota-ona |
| Yoshi, Qiziqqan kursi, Filial | |
| Manba | Instagram, Telegram, tavsiya, qo'ng'iroq... |
| Reklama kampaniyasi | Reklama hisobi uchun; UTM havoladan kelgan bo'lsa avtomatik |
| Mas'ul | Kim ishlaydi; «Menga biriktirilgan» filtri |
| Keyingi aloqa | Vaqti kelganda mas'ulga eslatiladi; o'tsa lid qizil |
| Izoh |
Holatlar
Yangi → Bog'lanildi → Sinov darsiga yozildi (sana) → O'quvchi bo'ldi (qabul formasi lid ma'lumoti bilan ochiladi, lid reklama hisobiga tushadi) · Rad etdi (sabab).
Lid kartasida: aloqa tarixi (qo'ng'iroq, xabar, uchrashuv), keyingi aloqa, holat o'zgarishi. Ommaviy: mas'ul biriktirish, o'chirish. Filtr: manba, kurs, kampaniya, mas'ul, holat, «faol (yakunlanmagan)». Sinov darsi ertasiga eslatma avtomatik (Bildirishnomalar).