Mavzu
Filiallar va rollar
Filiallar
Markazda bir nechta filial bo'lishi mumkin. Har filialning o'z xonalari, guruhlari va o'quvchilari bor. Yuqori paneldagi filial tanlovi barcha ro'yxatlarni shu filial bo'yicha cheklaydi.
- Xodim bir yoki bir nechta filialga biriktiriladi — u faqat o'z filiallarini ko'radi.
- Barcha filiallar huquqi bo'lgan xodim (masalan direktor) filialni almashtirib ko'ra oladi.
- Hisobotlar filial kesimida ham, umumiy ham chiqadi.
Rollar
Rol — ruxsatlar to'plami. Har bo'lim uchun ko'rish / yaratish / tahrirlash / o'chirish alohida belgilanadi.
| Standart rol | Odatda kim | Nimaga kira oladi |
|---|---|---|
| Markaz admini | Direktor / egasi | Hamma narsa, shu jumladan sozlamalar va rollar |
| Filial administratori | Filial rahbari | O'z filialining barcha bo'limlari |
| O'qituvchi | O'qituvchilar | O'z guruhlari: davomat, jadval, uy vazifasi, baholar |
| Buxgalter | Moliya xodimi | To'lovlar, qarzdorlar, kirim-chiqim, maosh |
| Qabul menejeri | Administrator / resepshn | Qabul, lidlar, o'quvchilar ro'yxati, to'lov olish |
| Kutubxonachi | Kutubxona xodimi | Kutubxona bo'limi |
Rolsiz xodim
Roli belgilanmagan xodim tizimga kirsa ham deyarli hamma joyda 403 (ruxsat yo'q) oladi. Xodim yaratganda rolni albatta tanlang.
Rollarni o'zgartirish: Sozlamalar → Rollar. Batafsil →