Mavzu
Birinchi qadamlar
Yangi markaz uchun tavsiya etilgan tartib. Har qadamda tegishli bo'limga havola bor.
1. Markaz sozlamalari
Sozlamalar → Markaz sozlamalari: nomi, logotip, manzil, telefon. Bu ma'lumotlar kvitansiya, sertifikat va xabarnomalarga tushadi. Batafsil →
2. Filiallar va xonalar
Bir nechta filial bo'lsa — Sozlamalar → Filiallar. Har filial uchun xonalar: Ta'lim & Darslik → Xonalar. Jadval xona bo'yicha to'qnashmaydi. Filiallar → · Xonalar →
3. Rollar va xodimlar
Sozlamalar → Rollar — kim nimani ko'radi. Keyin Xodimlar → Qo'shish orqali o'qituvchi va administratorlarni kiriting. Ular parolni bot orqali sozlaydi. Rollar → · Xodimlar →
4. Kurslar va guruhlar
Ta'lim & Darslik → Kurslar: nomi, oylik to'lov, davomiyligi. So'ng Guruhlar: kurs, o'qituvchi, xona, dars kunlari va vaqti. Guruhning oylik to'lovi kursdan olinadi, lekin guruhda alohida o'zgartirish mumkin. Kurslar → · Guruhlar →
5. O'quvchilarni kiritish
- Bittalab: O'quvchilar → Qabul & ro'yxatga olish.
- Ommaviy: O'quvchilar ro'yxati → Import (Excel/CSV). Avval «Tekshirish» tugmasi bilan sinab ko'ring. Qabul → · Import →
6. Telegram bot
Integratsiyalar → Telegram bot: BotFather'dan olingan tokenni kiriting. Shundan keyin xodimlar parol sozlaydi, o'quvchi va ota-onalar xabarnoma oladi. Batafsil →
7. Bildirishnomalar
Integratsiyalar → Bildirishnomalar sozlamasi: qaysi hodisa (davomat, to'lov, uy vazifasi, tug'ilgan kun) kimga va qaysi kanal orqali ketadi. Batafsil →
Sozlash holati
Dashboarddagi «Sozlash N% bajarilgan» kartasi qaysi qadam qolganini ko'rsatadi — undan boshlang.