Skip to content

Interfeys va navigatsiya ​

Dashboard

Chap menyu (sidebar) ​

Barcha bo'limlar guruhlangan: Asosiy navigatsiya (Dashboard, ERP navigator, Yordam) va Boshqaruv (Moliya, O'quvchilar, Xodimlar, Ta'lim, ...). Yuqoridagi «Menyu qidirish» maydoni bo'limni nomi bo'yicha topadi.

Yuqori panel (topbar) ​

ElementVazifasi
Filial tanloviBarcha ro'yxatlar va hisobotlar tanlangan filial bo'yicha ko'rsatiladi
TilO'zbekcha (lotin), Ўзбекча (kirill), Русский, English
🔍Global qidiruv — o'quvchi, xodim, bo'lim
➕Tez amallar: yangi o'quvchi, to'lov olish, davomat
🔔Bildirishnomalar
⚙️Sozlamalar paneli (barcha sozlamalar bir joyda)
⋮⋮⋮Modullar to'ri — barcha bo'limlar plitka ko'rinishida
AvatarProfil, parol, chiqish

Sahifa tuzilishi ​

Har sahifa: sarlavha + qisqa izoh + amal tugmalari (Qo'shish, Import, Eksport) + o'ng burchakda ? yordam tugmasi. Modul ichidagi sahifalar yuqorida tablar sifatida ko'rinadi (masalan To'lovlar: Dashboard · To'lov olish · Qarzdorlar · Tarixi · Chegirmalar).

Ro'yxatlar (jadvallar) ​

  • Qidiruv, filtr, saralash, sahifalash — barchasi serverda bajariladi, ya'ni butun ma'lumot bo'yicha ishlaydi, faqat ko'rinayotgan sahifa bo'yicha emas.
  • Ustunlar — ko'rsatiladigan ustunlarni tanlash mumkin.
  • Eksport — CSV yoki Excel; nusxa olish va chop etish.
  • Qator amallari — o'ng tomonda (tahrirlash, o'chirish, qo'shimcha amallar).

Yordam (?) ​

Har sahifada o'ng yuqorida ? tugmasi — bo'lim bo'yicha qadamlar va video qo'llanma. Agar bo'lim uchun yordam hali yozilmagan bo'lsa, tugma ko'rinmaydi.

OquvTizim — o'quv markazlar uchun LMS/ERP