Mavzu
O'qituvchi ilovasi
O'qituvchilar uchun yengil ilova — telefonda davomat olish va jadvalni ko'rish.
Kirish
Panel logini bilan bir xil: telefon raqami + parol. Parol hali sozlanmagan bo'lsa — Telegram botda /parol.
Imkoniyatlar
- Bugungi darslar — jadval, xona, guruh.
- Davomat — guruh ro'yxati bo'yicha keldi / kelmadi / kechikdi / erta ketdi; izoh.
- Guruhlarim — o'quvchilar ro'yxati va aloqa.
- Uy vazifalari — tekshirish kutayotganlar.
Davomat qoidalari
| Holat | Nima bo'ladi |
|---|---|
| Dars bo'lmagan kun | Davomat olib bo'lmaydi (guruh jadvalida yo'q kun) |
| Kelajakdagi dars | Davomat olib bo'lmaydi |
| Hali boshlanmagan dars (bugun) | Dars vaqti kelguncha yopiq |
| Eski kunlar | Markaz sozlamasidagi muddatdan keyin o'qituvchi uchun qulflanadi; administrator ocha oladi |
Bu qoidalar barcha rollar uchun bir xil — administrator uchun ham istisno yo'q.