Skip to content

O'quvchi va ota-ona ilovasi ​

O'quvchi va ota-onalar uchun alohida portal: darsliklar, uy vazifalari, davomat, to'lovlar, baholar va coin balansi.

Kirish ​

  1. Ilovada telefon raqamini kiriting.
  2. Tizim raqam biriktirilgan markazni topadi va o'sha markazning Telegram botiga yo'naltiradi. Raqam bir nechta markazda bo'lsa — ro'yxatdan tanlanadi.
  3. Botda «Raqamni yuborish» bosiladi — kirish tasdiqlanadi (parol kerak emas).
  4. Raqam tizimda bo'lmasa: «Kechirasiz, siz tizimda yo'qsiz» — markaz administratoriga murojaat qiling.

Parol hali sozlanmagan bo'lsa ham

Kirish Telegram orqali tasdiqlanadi, shuning uchun parol sozlanmagan o'quvchi ham kira oladi.

Bo'limlar ​

Bo'limNima bor
DarsliklarOchilgan modullar va darsliklar (video, matn, quiz), materiallar
Uy vazifalariTopshirish (fayl / test / savol-javob), muddat, baho va izoh
DavomatOylik ko'rinish, kelgan/kelmagan/kechikkan
To'lovlarOylik majburiyat, to'langan summa, qarz; kvitansiyalar
Baholar va imtihonlarImtihon natijalari, sertifikatlar
CoinBalans, tarix, sovrinlar do'koni

Test va vaqt cheklovi ​

Darslik testida vaqt va urinishlar soni o'qituvchi tomonidan belgilanadi. Vaqt tugasa urinish avtomatik yopiladi; bir nechta urinishda eng yaxshi natija saqlanadi.

OquvTizim — o'quv markazlar uchun LMS/ERP