Mavzu
Daromad
Barcha kirimlar. O'quvchi to'lovlari «To'lov olish» orqali avtomatik tushadi (manbasi: o'quvchi to'lovi, kvitansiya raqami bilan). Qo'lda qo'shiladiganlar: individual darslar, mock imtihonlar, kitob sotuvi, ijara va h.k.

Forma va filtrlar Xarajatlar bilan bir xil: kategoriya, nomi, sana, summa, hisob, hujjat, izoh.
O'quvchi to'lovini bu yerda qo'lda yozmang
Qo'lda yozilgan kirim o'quvchining qarziga ta'sir qilmaydi. O'quvchi to'lovi faqat To'lov olish orqali — shunda kvitansiya, qarz va kassa birga yangilanadi.