Skip to content

Telegram bot ​

Markazning o'z boti: ota-onalar va xodimlarga xabar, rahbariyat chatiga hisobot, parol sozlash va portalga kirish.

Telegram bot

Ulash ​

  1. Telegramda @BotFather → /newbot → nom va username → token.
  2. Tokenni shu sahifaga kiriting → Saqlash. Tizim webhook'ni o'zi o'rnatadi (bot yangilanishlarni faqat HTTPS serverda qabul qiladi).
  3. Ulanish havolasi — xodim, o'quvchi va ota-onalar shu havola/QR orqali botga kiradi va telefon raqamini yuboradi → akkauntga bog'lanadi.

Bir bot — bir markaz

Bitta botni bir nechta markazga ulab bo'lmaydi. Token faqat serverda saqlanadi, sahifada yashirin ko'rinadi.

Rahbariyat chati (monitoring) ​

To'lovlar, yangi o'quvchilar va lidlar tushadigan chat (shaxsiy yoki guruh). Chat ID ni avtomatik olish → havolani oching va «Start» bosing (yoki botni guruhga qo'shing) → chat ulanadi. Test xabar bilan tekshiring.

Qaysi hodisalar kelsin: To'lovlar · Yangi o'quvchilar · Yangi lidlar · Ta'til so'rovlari · Tizimga kirishlar · Uy vazifalari · Obuna eslatmasi (3 kun, 1 kun, o'sha kuni) · Kunlik hisobot (har kuni 21:00: to'lovlar, davomat, lidlar).

Bot buyruqlari ​

/start, /parol (xodim paroli), /vazifalar, /baholar, /yordam. Batafsil: Telegram bot orqali kirish.

OquvTizim — o'quv markazlar uchun LMS/ERP