Mavzu
O'quvchilar dashboard
O'quvchilar bo'limining bosh sahifasi: qabul, davomat, ota-onalar va guruhlar holati bir qarashda.

Yuqoridagi ko'rsatkichlar
| Karta | Nimani bildiradi |
|---|---|
| O'quvchilar (faol) | Hozir o'qiyotgan o'quvchilar soni; ostida nechta guruh faol |
| Yangi qabullar | Shu oy qabul qilinganlar |
| Bugun kelganlar | Bugungi davomat: kelganlar · kelmaganlar · belgilanganlar |
| Ota-onalar | Ota-ona akkauntlari va nechta o'quvchiga biriktirilgani |
Bloklar
- Jins bo'yicha taqsimot — o'g'il/qiz nisbati (doira diagramma).
- Kurslar bo'yicha o'quvchilar — qaysi kursda nechta o'quvchi.
- Yaqin tug'ilgan kunlar (30 kun) — «Bugun» yoki «N kundan keyin» belgisi bilan. Tug'ilgan kun tabrigi avtomatik yuborilishi uchun Bildirishnomalar sozlamasida «Tug'ilgan kun» hodisasini yoqing.
- So'nggi faoliyat — qabul, guruhga biriktirish, holat o'zgarishi kabi oxirgi amallar.
- Amallar — tez havolalar: O'quvchi qo'shish, Barcha o'quvchilar, Davomat.
TIP
Barcha raqamlar yuqori paneldagi filial tanloviga bog'liq. Umumiy ko'rish uchun «Barcha filiallar»ni tanlang.