Skip to content

Hisoblar dashboard ​

Markaz kassasi, daromad-xarajat natijasi va oylik dinamika. To'lovlar bo'limidan farqi: bu yerda barcha pul harakati — o'quvchi to'lovlari bilan birga ijara, maosh, reklama va boshqa kirim-chiqimlar.

Hisoblar dashboard

Ko'rsatkichlar ​

KartaIzoh
Bugungi tushumBugun qabul qilingan to'lovlar
Shu oy daromadi / xarajatiO'tgan oyning xuddi shu kunlari bilan solishtiriladi (%)
Kassa va bankNaqd · hisob raqamlarda — butun markaz bo'yicha (filial tanlovi ta'sir qilmaydi)

Bloklar ​

  • Daromad va xarajat — oxirgi 12 oy ustunlar.
  • Davr natijasi — sof natija, daromad/xarajat nisbati.
  • Xarajat taqsimoti / Daromad manbalari — eng katta 5 kategoriya.
  • Hisoblar qoldig'i — har hisob bo'yicha, shu oy +kirim/−chiqim.
  • Limit va rejalar — oylik limiti 70% dan oshgan kategoriyalar.
  • Kunlik harakat — shu oy: yuqoriga kirim, pastga chiqim.
  • Oxirgi yozuvlar — 10 ta.

Daromad qo'shish / Xarajat qo'shish tugmalari shu yerda ham bor.

OquvTizim — o'quv markazlar uchun LMS/ERP