Mavzu
Uy vazifalar
Guruhlarga berilgan vazifalar va ularning baholanishi. Vazifaning o'zi kurs kontentida (darslik ostida) yaratiladi; bu sahifada guruhga beriladi va tekshiriladi.

Vazifa berish
Vazifa berish → Guruh → Uy vazifasi (guruh kursidagi vazifalar; allaqachon berilganlar belgilanadi) → berilgan sana, topshirish muddati, qo'shimcha izoh. O'quvchilarga xabarnoma ketadi.
Ro'yxat
Filtrlar: guruh, kurs, turi (fayl/test/savol-javob), qidiruv. Ustunlar: Vazifa (modul · darslik) · Guruh · Berilgan · Muddat · Topshirish (N baholangan) · O'rtacha ball. Yuqorida: berilgan vazifalar, topshirish foizi, tekshirish kutilmoqda, topshirmaganlar.
Ishlarni ko'rish va baholash
Ishlarni ko'rish → o'quvchilar ro'yxati: topshirilgan / topshirilmagan / baholanmagan.
- Fayl: yuklangan fayl + o'quvchi izohi → ball (0…max) + o'qituvchi izohi.
- Test: avtomatik baholanadi («N / jami to'g'ri»); Quizlarni avtomatik baholash tugmasi hammasini bir yo'la; ballni o'zgartirish mumkin. Vaqt va urinishlar soni vazifada belgilanadi, eng yaxshi natija saqlanadi.
- Savol-javob: javoblar namunaviy javob bilan yonma-yon → ball + izoh.
Baholangach o'quvchi/ota-onaga «baholandi — N/max» xabari ketadi.