Mavzu
O'quvchilarni ko'chirish
Guruhni o'zgartirishning yagona to'g'ri yo'li: keyingi bosqichga o'tkazish yoki kurs ichida guruh almashtirish. Davomat, to'lovlar va imtihon natijalari o'zgarmaydi, amal tarixda saqlanadi va ortga qaytariladi.

Qadamlar
- Qaysi guruhdan — kurs → guruh → O'quvchilarni topish.
- Amal turi: Keyingi bosqichga o'tkazish (boshqa kursga) yoki Kurs ichida guruh almashtirish.
- Qayerga — kurs → guruh.
- O'quvchilarni belgilang (holati: o'qimoqda / to'xtatilgan) → Tanlanganlarni o'tkazish → tasdiq.
Tarix
Har ko'chirish: qachon, amal, qayerdan → qayerga, o'quvchilar, kim bajardi. Ortga qaytarish — o'quvchilar oldingi guruhga qaytadi; keyin boshqa guruhga ko'chganlar yoki ketganlar o'tkazib yuboriladi.
Oylik to'lov
Ko'chirilgan kundan boshlab majburiyat yangi guruh to'lovi bo'yicha hisoblanadi; o'tgan oylar o'zgarmaydi.