Skip to content

Qabul va ro'yxatga olish ​

Yangi o'quvchini tizimga kiritish formasi. Bir sahifada shaxsiy, o'quv, ota-ona va manzil ma'lumotlari. Lidlar bo'limidan «O'quvchi qilish» bosilsa, forma lid ma'lumotlari bilan to'ldirilgan holda ochiladi.

Qabul formasi

1. Shaxsiy ma'lumotlar ​

MaydonMajburiyIzoh
Ism, Familiya, Otasining ismi✓ (ism, familiya)Alohida saqlanadi; ro'yxatda «Familiya Ism Sharif»
Jinsi✓
Tug'ilgan sana—Tug'ilgan kun eslatmasi uchun
JSHSHIR, Tug'ilgan joyi—
O'quvchi telefoni—13 yoshdan katta o'quvchi uchun; portalga kirish
O'quvchi emaili—Portal logini sifatida ham
Rasm—

2. O'quv ma'lumotlari ​

MaydonIzoh
Qabul raqamiAvto — markaz formati bo'yicha (Sozlamalar → Tizim); qo'lda ham yozsa bo'ladi, markazda takrorlanmas
Qabul sanasiOylik majburiyat shu oydan (guruhsiz qabulda — guruhga biriktirilgan oydan)
Biometrik IDDavomat qurilmasidagi foydalanuvchi ID
Kurs → GuruhGuruhsiz ham qabul qilish mumkin — keyin «Guruhga biriktirish»
Boshlang'ich qarzdorlikOldingi joydan qolgan qarz — to'lovlar tarixiga tushadi
Oldingi o'quv joyiIzoh
Kim taklif qilganMarkazdagi o'quvchi (qidiruv) yoki tashqi odam ismi — referal hisobi

3. Ota-ona va vasiy ​

Variantlar: Yangi ota-ona akkaunti yoki Mavjud akkauntga bog'lash (qarindosh — ism/login/telefon bo'yicha qidiring).

  • Otasi / Onasi: F.I.Sh., telefon, kasbi, ma'lumoti, rasm.
  • Boshqa vasiy: F.I.Sh., qarindoshligi, telefon.
  • Asosiy vasiy — ro'yxatdagi «Ota-ona» ustuni va xabarnomalar shunga ketadi.
  • Ota-ona akkaunti uchun email — portalga kirish.

Mavjud akkauntga bog'lash

Tahrirlashda mavjud ota-onani tanlasangiz, o'quvchining joriy ota-ona ma'lumotlari tanlangan akkauntdagiga almashtiriladi.

4. Favqulodda aloqa va manzil ​

Favqulodda shaxs va telefoni; vasiy manzili, hozirgi va doimiy manzil («bir xil» belgisi bilan).

Saqlash ​

O'quvchini qabul qilish → «Qabul qilindi — raqam …» → ro'yxatga o'tish yoki yana qo'shish. Emaili bor o'quvchi va ota-onaga parol sozlash havolasi yuboriladi; qolganlar botga kirib o'zlari sozlaydi.

Tahrirlash ​

Profil → Tahrirlash: shu forma. Guruhdagi o'quvchining kursi/guruhi bu yerda o'zgarmaydi — «O'quvchilarni ko'chirish» sahifasi orqali.

OquvTizim — o'quv markazlar uchun LMS/ERP